Boks/MMA

Nurmagomedov karantinga olindi.

168

Nurmagomedov karantinga olindi

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovda koronavirus aniqlandi. Bu kasallik Xabib Singapurda bo’layotgan, “ONE Championship” turnirga uchib ketganida malum bo’ldi. Infekciya tufayli sobiq MMA jangchisi turnirni o’tkazib yuborishga majbur, u mehmonxonada karantinga olingan. SHunday qilib u o’z tarbiyalanuvchisi Saygid Izagaxmaevga yordam bera olmaydi.

Kasallikni yuqtirib olganlar soni tobora ortib borayotganini hisobga olsak, Xabibning infekciya ortirib olishini kutilmagan xolat deb bo’lmaydi. Afsuski, pandemiya barcha sport turlariga tasir qilmoqda va “omicron” shtammi paydo bo’lishi bilan, xuddi koronavirus hikoyasi boshida bo’lgani kabi, bazi musobaqalar butunlay bekor qilinmoqda.

Aftidan, Nurmagomedov engil alomatlar bilan kasallangan. Sobiq sportchining jamoa azolaridan biri Xabibning kasalligi engil ekanligini takidladi. SHu bilan birga, Nurmagomedov qachon karantindan chiqishi hozircha malum emas. SHunday ekan hozircha Xabib Singapurda qoladi.

Nurmagomedov karantinga olindi.

Hozirda asosiy savol — Nurmagomedov AQSHga vaqtida etib boradimi? 

28 yanvar kuni AQSHning Mayami shahrida Xabibning “Eagle FC” promoushenining birinchi turniri bo’lib o’tadi. Albatta, bu rossiyalik sobiq UFC chempioni uchun katta voqea.   Nurmagomedovning o’zi Amerikada o’z ligasinining muvaffaqiyat qozonishini xohlayotganini aytgan:

“U erda juda jiddiy loyihamiz, yil davomida qurgan katta studiyamiz bor. Turnirlar o’tkazishimiz uchun shaharlar bo’ylab uchib, turli joylarda bo’lib, sport komissiyalari bilan muzokaralar olib borishimiz shart emas. Mayami “Eagle FC”ning uyi bo’ladi. Bizda juda kuchli jamoa bor”, – dedi Xabib.

Nurmagomedov AQSHdagi o’zining debyut turniri uchun qiziqarli janglar tayyorlagan. Tayron Spong va Sergey Xaritonov “Eagle FC 44″ning asosiy to’qnashuvi bo’ladi. Yangi joyda birinchi turnir uchun yaxshi tanlov.

Nurmagomedov karantinga olindi.

Albatta, buning uchun Xabibning turnirda bo’lishi juda muhim. Agar rossiyalik jangchi Mayamiga etib bora olmasa, tashkilot uchun katta zarba bo’ladi. Qanday qilib shunday muhim jarayonda asosiy xo’jayini va “Eagle FC2 yuzisiz o’tishi mumkin?

Aytgancha, Xabibning kasalligi unga hech qanday muammosiz AQSHga kirishiga yordam beradi. Hozirda, AQSHga kirishning amaldagi qoidalariga ko’ra, so’nggi uch kun ichida COVID-testi manfiy chiqqanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish kerak. SHubhasiz, Nurmagomedovda shunga o’xshash hujjatlar bilan muammo yo’q. Endi hammasi Xabibning qanchalik tez tiklanishiga bog’liq.

SHuni yodda tutish kerakki, Singapurdan Mayamigacha bo’lgan masofa deyarli 17 ming km, sayohat vaqti esa deyarli bir kun davom etadi. Demak, Xabib 25-26 yanvargacha karantindan chiqishi kerak. Agar Nurmagomedovda haqiqatan ham virusning hech qanday alomat bo’lmasa, 3-4 kun ichida karantindan chiqish haqiqatga yaqin.

Nurmagomedov karantinga olindi.

“Amerikadagi turnir?   Bu hali boshlanishi. 2022 yil oxirigacha AQSHda to’qqizta turnir o’tkazishni rejalashtirganmiz. U erda biz bilgan yosh va yaxshi jangchilar ishtirok etishadi. Rashad Evans uchun qanday rejalar bor? Bu ism xozirda qanchalik tayyorligini bilmayman. Ko’ramiz, u birinchi jangni qanday o’tkazadi, yosh jangchilar bilan bellasha oladimi? Biz uni anchadan beri mashg’ulotlarda ko’rmagan edik. Amerikada turnirlar o’tkazish uchun u erdan jangchilarni jalb qilishimiz kerak.

Nurmagomedov karantinga olindi.

Bizning o’z ishimiz bor, biz o’zimizni nafaqat MDH, balki jahon sahnasida ham tanitmoqchimiz. Qaerga boramiz, hozircha bilmaymiz. Balki, ertaga bizga Amerikada turnir o’tkazishga ruxsat berilmas. Ammo biz faqat oldinga intilishimiz kerak. Marraniga etishga ko’tarishga harakat qilamiz”, – dedi “Eagle FC” prezidenti SHamil Zavurov.


championat.com sayti asosida Kamron Hasanov tayyorladi

Fikr bildirish