Futbol

O‘sha mashhur Koentrau hozir nimalar bilan mashg‘ul?

483

«Real»dagi Fabio Koentrau esingizdami? Ma’lum bo‘lishicha, uning futboldan keyingi hayoti butunlay boshqacha kechgan.

U 2017 yilda «Real»ni tark etganidan so‘ng to‘satdan e’tibor markazidan chetda qoldi. «Sporting»dagi eng yaxshi mavsumidan so‘ng, himoyachi o‘zining tug‘ilgan shahri Rio-Avega qaytdi, lekin u yerda ham kam o‘ynadi. Xususan, oxirgi o‘yinini o‘tgan yilning may oyida o‘tkazgani ko‘pchilikka tanish. Futbolchi o‘zini boshqa sohalardan qidira boshladi. Portugal asosan baliq ovi bilan vaqtini o‘tkazib kelmoqda. Fabio Empower Brands You Tube kanaliga bergan intervyusida bu haqda ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

O‘sha mashhur Koentrau hozir nimalar bilan mashg‘ul?

«Ko‘pchilik o‘ylaganidek, dengizdagi hayot unchalik yomon emas. Bu boshqa har qanday ish kabi bir hobbi. Qolaversa, dengiz go‘zal va bu odamzotga huzur baxsh etuvchi yumush».

Nima uchun baliq ovlash?

Bunga javob oddiy: Koentrau bolaligidan baliqchi bo‘lishni xohlardi, lekin uning futbol o‘ynashga ishtiyoqi bundan ham balandroq edi. Shuning uchun u bolalikdagi orzusiga qaytishga qaror qildi. Aslida Koentrauning futboldan keyingi hayoti bunday tus olishiga avval baliqchi bo‘lgan va ish uchun Kanadaga ketgan otasi sabab bo‘lgan. Onasi konserva zavodida ishlagan va u 14 yoshga yetganda ota-ona Fransiyaga ketishgan. Fabio esa Portugaliyada futbol uchun qolgan, xolasi unga g‘amxo‘rlik qilgan.

«Men tug‘ilganimdan beri shu ish bilan shug‘ullanaman. Otamning qayig‘i bor edi, u baliq ovlash bilan shug‘ullanardi va men u bilan tez-tez dengizga borardim, bu menga huzur bag‘ishlar edi», – deydi Fabio — «Bo‘sh vaqtim yoki ta’tilim bo‘lganda, men bu yerga kelardim. Mening hayotim dengizda: dengiz va baliq ovlash. Albatta, bir kun kelib futbol tugashini va hayotda yangi narsalarni izlashim kerakligini bilardim. Mening baxtim bu kema, men shunday hayot kechirishni xohlayman».

O‘sha mashhur Koentrau hozir nimalar bilan mashg‘ul?

Fábio Porto yaqinidagi Kaxinasda tug‘ilib o‘sgan, Vilo-du-Konde qirg‘oqbo‘yi hududida baliq ovlaydi: bu yerda hali ham baliq ovlash orqali tirikchilik qiladigan eski baliqchilarni uchratish mumkin. Aytgancha, bu yerda portugaliyalik yana bir mashhur futbolchi Elder Poshtiga tug‘ilgan.

Fabiuning otasi butun umri davomida dengizda ishlagan, deydi onasi Jozefina — «U Kanadaga o‘sha mamlakat qo‘shinlari uchun treska olib ketdi. Men konserva zavodida ishlaganman. Fabio otasi bilan baliq ovlashni yaxshi ko‘rardi. Ba’zida u butun hayotini bunga bag‘ishlagan otasidan ham ko‘proq baliq tutardi. Bu albatta meni hayratda qoldiradi».

O‘sha mashhur Koentrau hozir nimalar bilan mashg‘ul?

Umuman olganda, Fabio bolaligidan oilasiga yordam berish uchun ishlagan: 13 yoshidan boshlab u rassom va novvoy bo‘lib pul topgan. O‘zining birinchi maoshida Koentrau butun oila uchun kechki ovqat sotib olgan. Fabioning sevimli mashg‘uloti ham aynan odamlarga yordam berish hisoblanadi. Koentrauning o‘z kemasiga bo‘lgan mehri bo‘lakcha. Uning oilasi kemalarga oid an’anaviy bayramlar nishonlashni odat qilishgan.

O‘sha mashhur Koentrau hozir nimalar bilan mashg‘ul?

Fikr bildirish