Futbol

«Odil junior»ning g‘alabasi o‘zbek futbolidagi chirkin illatlar bo‘lganini ko‘rsatdimi?

48

90-yillar oxirida boshlanib, 2000-yillar avji nuqtasiga yetgan futbolimizdagi muvaffaqiyatsizlar ildizi bolalar futbolidagi muammolar edi. Tanish-bilishchilik, iqtidorlarning qadrlanmasligi… Davlat hisobidan moliyalanadigan futbol maktablarimiz, akademiyalarimizni («Nasaf», «Mash’al» FK akademiyalari bundan mustasno) ana shu chirkin illatlar chetlab o‘tmagan edi.

Ikki holatda bunga o‘zim guvohi bo‘lganman. Birinchisi, o‘zim futbol o‘ynagan 90-yillar. Ikkinchisi, futbol bilan shug‘ullanayotgan 10 yoshli o‘g‘lim bilan bog‘liq voqealar.

Bugun 14-yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi nihoyasi yetdi. Finalda “Odil junior” akademiyasi g‘olib bo‘ldi. Uchinchi yilki, bu jamoa g‘oliblikni bermayapti. Chunki, jamoaning maqsadi asl iqtidorlarni topish va tarbiyalash. E’tibor bering, avval «bayroqdor» bo‘lgan akademiyalar, futbol maktablari endi negadir soyada qolib ketmoqda. Nega? Bunga yuqorida QISMAN javob berib o‘tdim.

Bolalar futboliga mas’ul ko‘p rahbarlar, o‘zini murabbiy sanaydiganlar, aslida, o‘z ishini eplay olmayotgani bor haqiqat.

«Nasaf», «Mash’al» kabi akademiyalar qatoridan “Odil Ahmedov futbol akademiyasi” ham o‘rin oldi. Jamoa rahbariyati siyosati o‘zini oqladi, oqlamoqda. O‘zbek futboli kelajagi aynan shunday mutaxassislar qo‘lida ekaniga ishonsa bo‘ladi.

Futbolimiz fidoiysi Odil Ahmedovni, uning jamoasini bu yutuq bilan tabriklayman. Nasib qilsa, bu akademiya tarbiyalanuvchilari terma jamoamizda, kuchli chempionatlarda o‘ynashadi.

Baxtiyor Abdug‘afur.

Fikr bildirish