Futbol

«Oltin to‘p-2022». G‘oliblik uchun asosiy 10 da’vogar

229

So‘nggi yillarda «Oltin to‘p» mojarolari sabab France Football nashri ko‘plab tanqidlariga uchradi. Ammo shunga qaramay, ushbu individual mukofot hanuzgacha jahon futbolidagi eng nufuzli maqomini saqlab kelmoqda. «Oltin to‘p»ning tarixi va obro‘si borki, bu so‘nggi yillarda adolatsiz ko‘ringan natijalariga qaramay, unga chek qo‘yishga imkon bermaydi.

Xo‘sh, va eng muhimi: «Oltin to‘p» taqdimoti qishdan yozga qoldirildi. Endi futbolchilar kalendar yillari bo‘yicha emas, balki «kuz-bahor» tizimi bo‘yicha o‘tadigan chempionatlar bo‘yicha baholanadi. Shunday qilib, sovrin uchun da’vogarlarning «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun ikki oydan kamroq vaqti qoldi.

Messi ham xuddi Ronaldu kabi «Oltin to‘p»ga da’vogar emas

Agar «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatini tuzadigan bo‘lsak, u holda Ronaldu Messidan yuqoriroq o‘rinlarni egallashi aniq. Portugaliyaliklarning o‘rni taxminan ikkinchi va uchinchi o‘nliklarda joylashishi mumkin. Messida esa eng yaxshi 50 talikka kira olmaslik xavfi ham bor. Shu sabab sovrinning asosiy 10 ta da’vogariga alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

«Oltin to‘p» uchun kuchli 10 ta da’vogar

Agar kuchli o‘nlikdan chetda turganlar haqida gapiradigan bo‘lsak, Erling Xoland (jarohatlar norvegiyalik futbolchining yuqoriroq bo‘lishiga to‘sqinlik qildi), «RB Leypsig»da mavsumni ajoyib o‘tkazayotgan Kristian Nkunku, Trent Aleksandr-Arnoldni eslatib o‘tishimiz kerak. «Liverpul» va «Manchester Siti»ning yana bir qancha futbolchilari – Bernardo Silva, Fil Foden, Raxim Sterling. Shuningdek, Tomas Myuller, Chempionlar Ligasida qatorasiga yettita o‘yinda gol urgan Sebastyan Aller va Dushan Vlaxovichni alohida ta’kidlash joiz.

10. Kevin De Bryuyne (Manchester Siti; Angliya) = 35 o‘yinda 14+8 (gol va assist)

Belgiyalik futbolchi mavsumni qiyin boshladi, ammo 2022 yilda u o‘zining eng yaxshi darajasiga qaytdi va yana «Manchester Siti»da muhim rol o‘ynashni boshladi. Aynan Kevinning goli «shaharliklar»ga Chempionlar ligasining chorak finali doirasidagi qiyin o‘yinda «Atletiko» ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi. Belgiyalikning «Oltin to‘p»ga erishish qiyin bo‘ladi, lekin agar «Siti» Premyer-liga va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonsa va bu muvaffaqiyatlarda De Bryuyne katta rol o‘ynasa, kuchli beshlikka kirishi mumkin.

9. Diogo Jota («Liverpul»; Portugaliya) = 41 o‘yinda 20+3

Jota nafaqat klub safidagi o‘yinlarda, balki Portugaliya terma jamoasining JCH-2022ga chiqishiga yordam berdi. Diogo Turkiya va Shimoliy Makedoniyaga qarshi pley-off uchrashuvlarida samarali harakatlari bilan o‘zini ko‘rsatdi. Shuningdek, u «Liverpul»ning hujumidagi eng samarali futbolchilardan biriga aylanadi.

8. Riyod Mahrez («Manchester Siti», Jazoir) = 37 o‘yinda 22+7

«Manchester Siti» futbolchilarini shaxsan ajratib ko‘rsatish qiyin: Gvardiola yaxshi harakat qilmoqda, ammo tizim individual mahoratdan muhimroq. Shunga qaramay, Mahrezning statistik ma’lumotlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi: u joriy mavsumda «shaharliklar» safida 22 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

7. Vinisius Junior (Real Madrid, Braziliya) = 41 o‘yinda 17+15

Vinisius 2021/22 yilgi mavsumda sezilarli darajada o‘sishga erishdi, ammo unda hali ham o‘yinlarini yaxshilash uchun juda katta imkoniyatlar bor: agar u tajriba to‘plasa, dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanishi mumkin. Ammo 21 yoshida ham braziliyalik «Real Madrid» hujumidagi ikkinchi eng muhim o‘yinchi. Vini 30 dan ortiq samarali harakatlarni amalga oshirdi. U bu yil emas, ehtimol bir necha yillardan keyin «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vorga aylanar?!

6. Sadio Mane («Liverpul»; Senegal) = 38 o‘yinda 15+7

Sadio Manega eng yuqori cho‘qqiga chiqish uchun gollar va golli uzatmalar yetishmayapti, ammo uning jamoaviy muvaffaqiyatlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi: u o‘z jamoasi bilan Afrika Millatlar kubogida g‘olib chiqdi, shuningdek, JCH-2022ga yo‘l oldi va ikkala holatda ham hal qiluvchi penaltilar tepdi. Bu epizodlar kamtarin Sadioni milliy qahramonga aylantiradi.

5. Luka Modrich («Real», Xorvatiya) = 36 ta o‘yinda 3+8

Hujumkor o‘yinchilarda har doim individual sovrinlar uchun imkoniyat ko‘proq bo‘ladi, garchi Modrich allaqachon bitta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritib, odatiy tartibni buzgan. Individual o‘yin faqatgina gol va golli uzatmalardan iborat emas. Modrich o‘yinning ajoyib me’mori va yoshi unga to‘sqinlik qilmaydi. Ammo biz Lukaning «PSJ» va «Chelsi»ga qarshi o‘yinlarda ajoyib golli uzatmalarini eslamasdan ilojimiz yo‘q.

4. Muhammad Saloh («Liverpul»; Misr) = 38 o‘yinda 28+10

Salohning 40 ga yaqin gol urishi juda zo‘r, ammo Muhammad terma jamoa bilan hal qiluvchi o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi va o‘tgan yil oxirida ajoyib o‘yin namoyish etdi, mavsumning hal qiluvchi pallasida esa misrlikning o‘yinlarida pasayish kuzatilmoqda: u 2022 yilda «Liverpul» tarkibida bor-yo‘g‘i 3 ta gol urganligi, buning yaqqol isboti. Biroq, bu bilan Salohning natijalari pasayib ketgani yo‘q. Chunki u shunda ham ajoyib statistikaga ega va agar u aprel va may oylarida g‘alaba qozonsa, «qizillar» bilan kamida 1 ta sovrinni qo‘lga kiritsa, kim biladi…

3. Kilian Mbappe (Pari Sen-Jermen; Fransiya) = 38 o‘yinda 28+20

Mbappening kelajagi parda ortida hal qilinganiga qaramay, u ajoyib mavsum o‘tkazmoqda. Agar Neymar va Messi unga yanada yordam berishsa, Mbappe ham «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar bo‘lishi mumkin edi, ammo Chempionlar Ligasini erta tark etganidan so‘ng, Kilian sovrindan umidini uzgan bo‘lsa ajab emas.

2. Robert Levandovski («Bavariya», Polsha) = 39 o‘yinda 45+4

Levandovski «Oltin to‘p»ga yana bir bor yaqin keldi, ammo Benzemadan o‘zib ketish uchun Chempionlar ligasihal qiluvchi bahslarida ishtirok etish kerak. Yangi qoidalar jamoa sovrinlari ahamiyatini qanchalik kamaytirmasin, «Oltin to‘p» uchunasosiy da’vogarni Chempionlar ligasi aniqlaydi.

1. Karim Benzema (Real Madrid; Fransiya) = 36 o‘yinda 37+12

«PSJ» va «Chelsi»ga qarshi o‘yinlarda xet-trik bilan ko‘pchilikning mehrini qozongan Benzema tomonida bu yilgi «Oltin to‘p»ning asosiy da’vogari hisoblanadi. Gollar bo‘yicha Robert oldinda, ammo Karim gollarda ko‘proq qatnashgan, shuning uchun biz samarali harakatlar miqdori bo‘yicha tenglikni ko‘ramiz. Xo‘sh, nega aynan Benzema? Sababi u Millatlar ligasida Fransiya termasi bilan belgiyalik va ispanlar darvozasiga g‘alaba golini urgan. Bu Benzemaning plyus tomoniga ishlaydi, ammo Chempionlar Ligasi 2021/22 yilgi mavsumda «Real» g‘alaba qozonmasa, Karimning natijalari pasayib ketishi mumkin.

Fikr bildirish