Futbol

O’rinbosarlar jamoasi – aqlli mutaxassislar ishlaydigan to’g’ri yo’ldagi klublarning kelajagi hisoblanadi.

181



O'rinbosarlar jamoasi - aqlli mutaxassislar ishlaydigan to'g'ri yo'ldagi klublarning kelajagi hisoblanadi.

“Dubl”. Hammasi bahonamidi?

Teglar : 
U-21 chempionatiCoca Cola Superliga-2021
O’rinbosarlar jamoasi – aqlli mutaxassislar ishlaydigan to’g’ri yo’ldagi klublarning kelajagi hisoblanadi.

17-19 yoshli iqtidorlar katta futbolga aynan U-21 birinchiligi orqali o’tib olishadi. O’zimizda yosh yulduzlar kamligiga sababchi sifatida hamma vaqt bosh murabbiy(lar) ko’rsatib kelindi. Ular tanballikda, o’rinbosarlarining o’yinini kuzatib, selekciya qilmaslikda ayblandi.

O’z navbatida "trener"lar ham "dubl" uchrashuvi asosiy jamoa mashg’uloti bilan bir paytga qo’yilganidan uzoq yillar nolib yurishdi. Nihoyat, ularning "oh"i futbol rahbariyatiga qadar etib bordi va 2022 yilda reglamentning 19.1. bandiga o’zgartirish kiritildi:

U-21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkiblar ishtirokidagi uchrashuvidan bir kun keyin o’tkaziladi (maydoni talab darajasida bo’lmagan U-21 jamoalari o’z uchrashuvini asosiy stadionda o’kazadi).

Yaqindagina O’FA vice-prezidenti sifatida ish boshlagan Odil Ahmedov bu qarorning foydali tomonlarini sanab berdi:

O'rinbosarlar jamoasi - aqlli mutaxassislar ishlaydigan to'g'ri yo'ldagi klublarning kelajagi hisoblanadi.

Birinchidan, jamoaning asosiy tarkibidan joy ololmagan futbolchi ertasiga U-21 chempionatida o’ynashi mumkin. Bu umidli futbolchilar o’yin amaliyotisiz qolib ketishining oldini oladi.

Ikkinchidan, agar klubning U-21 jamoasi uchun ajratilgan maydon talab darajasida bo’lmasa, uchrashuv asosiy stadionda o’tkaziladi.

Uchinchidan, asosiy tarkib murabbiylari endi bemalol U-21 chempionati o’yinlarini kuzatishlari mumkin. Bunga qadar U-21 chempionati uchrashuvlari asosiy tarkib mashg’ulotlari bilan bir paytga to’g’ri kelishi ko’pchilikka noqulay edi.

Bir qarashda barchasi hal bo’ldi-yu endi rivojlanib ketamiz. Murabbiylar tez orada yangi "vunderkind"larni kashf qilib tashlaydigandek. Biroq, bu tasavvurning umri yashil maydongacha…

O'rinbosarlar jamoasi - aqlli mutaxassislar ishlaydigan to'g'ri yo'ldagi klublarning kelajagi hisoblanadi.

To’g’ri, bosh murabbiylarga "dubl" uchrashuvlarini kuzatish, yangi iqtidorlarni qidirish va asosiy tarkibda joy topolmagan shogirdlarini sinovdan o’tkazish uchun ajoyib imkoniyat yaratildi. Lekin, bundan kimlar unumli foydalanayotgani barchaga qiziq bo’lsa kerak.

Superligada 14 ta klub bor. O’rinbosarlar jamoasi ishtirokidagi o’yinlarga esa atigi 5 klubdan "katta ustoz"lar keldi: Anxel Lopes, Timur Kapadze, Samvel Babayan, Ro’ziqul Berdiev, Baxtiyor Ashurmatov (bizdagi malumotlarga ko’ra).

O'rinbosarlar jamoasi - aqlli mutaxassislar ishlaydigan to'g'ri yo'ldagi klublarning kelajagi hisoblanadi.

Kapadze safardagi o’yinlarda ham o’zi qolyapti, Ashurmatov uchrashuvlarni yordamchilari bilan kuzatyapti, Babayan esa raqib maydonidagi bahslar tahlilini Viktor Jalilovga ishonib, asosiy tarkib bilan ortga qaytyapti. 

O'rinbosarlar jamoasi - aqlli mutaxassislar ishlaydigan to'g'ri yo'ldagi klublarning kelajagi hisoblanadi.

Qolgan klub (murabbiy)lar esa… Bilmadik. Balki, boshqalarga U-21 jamoasi shunchaki reglamentda belgilangan majburiyat tufayli kerakdir. Ammo, bir narsa oydinlashdi: "dubl" noqulay vaqtga qo’yilganini yillar davomida aytib kelgan bazi mutaxassislar boshini oshiqcha og’ritmaslik uchun "arpa uni"ni bahona qilgan ekan…

O’limga o’xshaydi… 

O'rinbosarlar jamoasi - aqlli mutaxassislar ishlaydigan to'g'ri yo'ldagi klublarning kelajagi hisoblanadi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish