Futbol

O’zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo’mitasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

116



O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Rasman: O’FA “Paxtakor” – “Navbahor” uchrashuvidan keyingi janjal sababchilarini jazoladi

Teglar : 
Tartib-intizom qo’mitasiO’FA
O’zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo’mitasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda so’nggi turlar doirasida bo’lib o’tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko’rib chiqildi.

“BUNYODKOR” — “DINAMO”

Superliga 4-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Dinamo” uchrashuvida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Abdujamol Isroilov uchrashuvning 64-daqiqasida raqib o’yinchisining yuziga boshi bilan zarba bergani va tajovuzkor xatti-harakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Abdujamol Isroilovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

“Dinamo” jamoasi yordamchi murabbiyi Ivan Evich uchrashuv yakunlangach hakamlar brigadasi shaniga haqoratli so’zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Ivan Evichga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

“Dinamo” jamoasi futbolchisi Ibrohim Yo’ldoshev uchrashuv yakuniga etgach reklama konstrukciyasiga zarba berib, unga shikast etkazdi.

SHu sababli Ibrohim Yo’ldoshevga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

“PAXTAKOR” — “NAVBAHOR-LOCHINLARI”

Superliga 4-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Navbahor Lochinlari” uchrashuvi ga qo’shib berilgan daqiqalarda “Paxtakor” fan-klubi etakchisi Javohir SHokirov texnik zonada paydo bo’ldi va o’yinning 90+5-daqiqasida autga chiqib ketgan to’pni “Navbahor Lochinlari” jamoasi futbolchisiga qaytarib berish o’rniga, to’pni boshqa tomonga namoyishkorona tepib yubordi. Bu esa stadionga yig’ilgan muxlislar, raqib jamoa azolari va rasmiylarining noroziligiga sabab bo’ldi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan ko’ngilsiz holatlarning bosh sababchisi sifatida moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

“Navbahor lochinlari” jamoasi murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy yuqoridagi vaziyat sabab tinchlana olmadi va maydonda, tribuna osti yo’lakchasida, kiyinish xonasi atrofida raqib jamoa vakillari hamda O’zPFL rasmiylari bilan janjallashdi, ularni shaxsiyatga teguvchi so’zlar bilan bir necha bora sababsiz haqorat qildi. SHuningdek, murabbiyni tinchlantirishga uringan rasmiy shaxslarga zarba berishga urindi. Mazkur holat ikki jamoaning qolgan rasmiylari o’rtasida janjal kelib chiqishiga, tribuna osti yo’lakchasida to’polon ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Qo’shimchasiga, Kolosovskiy O’zPFL rasmiysi talabiga rioya qilmay, akkreditaciyani qaytarishdan bosh tortdi.

SHu sababli Grigoriy Kolosovskiyga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

Grigoriy Kolosovskiyning nomaqbul harakatlari “Navbahor Lochinlari” jamoasi darvozaboni O’tkir Yusupovni ham janjalli vaziyatga aralashtirdi va u “Paxtakor” fan-klubi etakchisi Javohir SHokirov bilan mushtlashuv sodir etib, unga zarba berdi.

SHuni inobatga olgan holda O’tkir Yusupovga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

“Paxtakor” jamoasi matbuot kotibi Behzod Nazarov, klub katta menejeri Ilhom Yakvalxo’jaev o’yin yakunlangach tribuna osti yo’lakchasida nojo’ya xatti-harakatlarni amalga oshirib, “Navbahor lochinlari” jamoasi rasmiylarini qo’pol so’zlar bilan haqorat qildi.

SHu sababli Behzod Nazarov hamda Ilhom Yakvalxo’jaevning har biriga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

“Navbahor Lochinlari” jamoasi o’yin yakunlangach, kiyinish xonasining ichki va tashqi devorlariga zarar etkazib, uni tamirtalab holga keltirdi. SHuni inobatga olib, “Navbahor lochinlari” futbol klubiga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

“SURXON U21” — AGMK U21

U-21 chempionati 4-turi doirasidagi “Surxon U21” — AGMK U21 uchrashuvida AGMK G21 jamoasi futbolchisi Iskandar Businov uchrashuvning 77-daqiqasida to’p yo’q joyda erda yotgan raqib o’yinchisini tepgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun qizil kartochka bilan jazolangan.

Yuqoridagini inobatga olib, Iskandar Businovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

“ANDIJON” — “ARAL SAMALI”

Pro liga 4-turi doirasidagi “Andijon” — “Aral samali” uchrashuvida “Aral samali” jamoasi futbolchisi Mirjalol Qosimov uchrashuvning 63-daqiqasida raqib o’yinchisiga nisbatan o’yin qoidasini buzgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

SHu sababli Mirjalol Qosimovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llanildi.

***

“XORAZM” — “SHO’RTAN”

Pro liga 5-tur doirasidagi “Xorazm” — “SHo’rtan” uchrashuvida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Azizbek Pirmuhammadov uchrashuvning 53-daqiqasida raqib yuziga urgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

Yuqoridagi holat sabab Azizbek Pirmuxammadovga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

“ZOMIN” — “TURON”

Pro liga 5-tur doirasidagi “Zomin” — “Turon” uchrashuvida “Zomin” jamoasi rasmiy vakili Ilhom Sobirov tanaffus vaqtida hakamlar xonasiga kirib, o’z noroziligini qo’pol tarzda bildirgan va tajovuzkor xatti-harakat amalga oshirgan.

SHu sababli Ilhom Sobirovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

“ANDIJON II” — “YUNIRED”

O’zbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi “Andijon II” — “Yunired” uchrashuvida “Yunired” jamoasi futbolchisi Asomiddin Mamatov uchrashuvning 43-daqiqasida raqib o’yinchisining yuziga urgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

SHu sababli Asomiddin Mamatovga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

“DENOV” — “DO’STLIK OLTIARIQ”

O’zbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi “Denov” — “Do’stlik Oltiariq” uchrashuvida “Denov” jamoasi rasmiy vakili Bekzod Azimov uchrashuvning 71-daqiqasida bosh hakam shaniga haqoratli so’zlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan chetlashtirilgan.

“Denov” jamoasi O’zPFL azosi emasligi hamda 2022-yilgi mavsumni Surxondaryo viloyat futbol associaciyasi tomonidan o’tkaziladigan Ikkinchi liga musobaqasida o’tkazishi inobatga olinib, Bekzod Azimovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va moliyaviy jarima intizom chorasi Surxondaryo viloyat futbol associaciyasi tomonidan qo’llaniladi.

SHuningdek, “Denov” jamoasi futbolchisi Bekzodjon Karimov uchrashuvning 90+1-daqiqasida bosh hakam shaniga haqoratli so’zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Xuddi shu tartibda Bekzodjon Karimovga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va moliyaviy jarima intizom chorasi Surxondaryo viloyat futbol associaciyasi tomonidan qo’llaniladi.

***

“ARAL” — “ANDIJON II”

O’zbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi “Aral” — “Andijon II” uchrashuvida “Aral” jamoasi futbolchisi Abdumalik Norqobilov uchrashuvning 43-daqiqasida raqib o’yinchisining oyog’iga yotgan holatida tepgani va tajovuzkor xatti-xarakati uchun maydondan chetlashtirilgan.

SHu sababli Abdumalik Norqobilovga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

“QUMQO’RG’ON-1977” — “LOCHIN”

O’zbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi “Qumqo’rg’on-1977” — “Lochin” uchrashuvida “Lochin” jamoasi futbolchisi Abdulaziz Jo’raev uchrashuvning 67-daqiqasida raqib o’yinchisi oyog’ining himoyalanmagan qismiga butsasini tag qismi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

SHu sababli Abdulaziz Jo’raevga nisbatan 3 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va moliyaviy jarima intizom chorasi qo’llanildi.

***

“KELES” — “ARAL”

O’zbekiston kubogi saralash uchrashuvi doirasidagi “Keles” — “Aral” uchrashuvida “Keles” jamoasi azolari butun uchrashuv davomida futbolchilarga xos bo’lmagan xatti-harakatlar bilan yodda qolgan. Oqibatda bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov “Keles”ning 4 nafar futbolchisini maydondan chetlashtirgan.

“Keles” jamoasi O’zPFL azosi emasligi hamda 2022-yilgi mavsumni Toshkent viloyat futbol associaciyasi tomonidan o’tkaziladigan Ikkinchi liga musobaqasida o’tkazishi inobatga olinib, jamoaga nisbatan moliyaviy jarima intizom chorasi Toshkent viloyat futbol associaciyasi tomonidan qo’llaniladi. SHuningdek, “Keles” azolari bo’lgan Islomjon Ortiqov, Azizjon Hojiakbarov, Hikmat Turobov hamda Farrux Yo’ldoshevlarning barchasiga nisbatan 2 ta o’yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom chorasi qo’llaniladi.

Fikr bildirish