Tennis

Petra Kvitova Australian Open bilan xayrlashdi

20

Kutilmaganda ayollar o’rtasidagi musobaqada dunyoning 19-raketkasi Petra Kvitova ilk davradayoq mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. CHexiyalik tennis malikasi WTA reytingida 38-pog’onadan joy olgan ruminiyalik Sorana Kirstyaga 2/6, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.

Bir soatu 11 daqiqa davom etgan bahsda 31 yoshli Kvitova bitta eys zarbani ijro etdi va 6 ta qo’shxatoga yo’l qo’ydi. Uning tengdoshi esa 2 ta eys, 4 ta breyk-poyntni amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida Kirstya hisobni qisqartirdi – 3:5. 

Soranining Avstraliya Ochiq chempionati ikkinchi davrasidagi raqibasi slovakiyalik Kristina Kucova bo’ladi. U ilk bosqichda yaponiyalik Misaki Doini mag’lub eta oldi – 6/3, 7/5.

Fikr bildirish