Futbol

PSJ prezidenti «Barselona»ga xat yubordi

59

PSJ hujumchi Neymar bilan xayrlashmoqchi emas.

Catalunya Radioning xabar berishicha, PSJ «Barselona»ning braziliyalikka qiziqishi futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarga xalaqit bermoqda, deb hisoblamoqda.

Shu sababli, klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi «Barsa»ga xabar yubordi va unda Neymarni tinch qo‘yishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Neymarning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda braziliyalik futbolchining hisobida 27 o‘yinda 15 gol va 6 golli uzatma mavjud.

Fikr bildirish