Tennis

Qozog’istonni qiyinchilik bilan yutgan Serbiya Devis Kubogi 1/2 finalida

423

Tarkibida dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich bo’lgan Serbiya terma jamoasi Qozog’istonni qiyinchilik bilan 2:1 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. 

Dramatik kechgan birinchi uchrashuvda Mixail Kukushkin Miomir Kecmanovichni 6:7 (7), 6:4, 7:6 (13) hisobida mag’lub etdi. Ikkinchi qarama-qarshilikda Jokovich Aleksandr Bublikni 6:3, 6:4 hisobida engib, muvozanatni tikladi.

Juftliklar o’rtasidagi hal qiluvchi uchrashuvda esa Jokovich va Nikola CHachich hamkorligi Andrey Golubev hamda Aleksandr Nedovesov tandemini 6:2, 2:6, 6:3 hisobida taslim etdi. 

Serbiya 1/2 finalda Xorvatiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Yarim final uchrashuvlari Ispaniya poytaxti Madrid shahrida o’tkaziladi. 

Fikr bildirish