Futbol

Rangnik: «Ronaldudan xet-trik kutmagandim, ammo…»

150

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ralf Rangnik RPLning 29-turida «Tottenxem» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) haqida fikr bildirdi va xet-trik qayd etgan hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘yinini alohida qayd etdi.

«Ronaldu bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Himoyalanish kerak bo‘lgan paytda, u  himoyaga ham yordam berdi. Bu Krishitanu uchun ham, jamoa uchun ham yaxshi o‘yin bo‘ldi.

Ronaldu xet-trik qayd etishini kutmagandim, lekin gol urishini bilardim. Shu bois uni maydonga tushirishga qaror qildim. U mashg‘ulotlarda juda yaxshi ishladi, shuning uchun men uni birinchi daqiqalardanoq maydonga tushirishag va zaxirada qoldirmaslikka qaror qildim.

Bugun 4-o‘rin uchun kurashda qolishimiz uchun g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Bu g‘alaba seshanba kungi «Atletiko»ga qarshi o‘yin oldidan bizga katta kuch beradi.

Ronaldu bugun «Manchester Yunayted» darajasi kabi o‘yin ko‘rsatdi», – dedi Rangnik.

Fikr bildirish