Futbol

Rangnik Ronalduga nima degan? Murabbiy javob berdi

19

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik APL doirasidagi “Brentford”ga (3:1) qarshi o‘yindan so‘ng, 71-daqiqada zaxiraga olinganidan norozi bo‘lgan hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan suhbat haqida gapirdi.

“Men unga aytdim: “Krishtianu eshit, sen 36 yoshdasan va ajoyib formadasan, lekin bosh murabbiy bo‘lsang, bunga bosh murabbiy ko‘zi bilan qaraysan”.

Mening vazifam faqat jamoa va klub manfaatlarini ko‘zlab qaror qabul qilish va umid qilamanki, u ham shunday fikrda”, – dedi Rangnik.

Fikr bildirish