Terma jamoamiz hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini Qozog‘iston chempionati peshqadami “Tobol” safida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda “Tobol” klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Klub Sergeevni “Aktobe”dan sotib olgan va mavsum oxiriga qadar shartnoma tuzdi.
Ma’lumot uchun, Igor “Tobol” safida 77-raqamda o‘ynaydi.