«Chelsi» himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. «Real Madrid» 28 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga qiziqmoqda, deb xabar beradi ABC nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, Madrid klubi yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. Mbappe bilan bir qatorda Ryudiger bilan shartnoma imzolash – «Real»ning yozgi transfer oynasidagi maqsadi. «Real Madrid» Ryudigerni David Alabaning sherigi sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» va futbolchi o‘rtasida futbolchining maoshi borasida kelishmovchiliklar mavjud. «Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z vatandoshiga jamoada qolishini aytdi. U allaqachon klub rahbarlariga futbolchini saqlab qolish istagi haqida xabar bergan.
Ryudiger 2017 yildan buyon «Chelsi» sharafini himoya qilib keladi va bundan oldin «Roma» va «Shtutgart»da o‘ynagan. 2014 yildan buyon Germaniya terma jamoasiga chaqiriladi.