Futbol

“Real” nishonidagi futbolchini “Barselona” “ilib” ketishi mumkin

177

“Valensiya”ning chap qanot himoyachisi Xose Gayya “Barselona”ning nishoniga tushdi. Bu haqda ispan OAVlari xabar bermoqda.

Gayyaning “Valensiya” bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi. Shu bilan birga, futbolchi Mestalya jamoasi bilan hamkorlikni uzaytirishga qarshi emas. Ammo, yaxshi taklif tushsa, yangi klubga o‘tishi ham ehtimoldan holi emas. Avvalroq, Xosega  Madridning “Real” klubi ham qiziqish bildirgandi. “Qaymoqranglilar” yozda klubni tark etishi mumkin bo‘lgan Marseloga o‘rinbosar sifatida ko‘rsoqda.

Gayya joriy mavsumda La Liga doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.

Fikr bildirish