Futbol

“Real” Serxioni ortga qaytarmoqchi

166

“Tottenxem” himoyachisi Serxio Regilon “Real”ga qaytishi mumkin.

25 yoshli futbolchi Madrid klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 2020 yilda “qaymoqranglilar” lagerini tark etib, “Tottenxem” safiga o‘tgandi. Biroq, “Real Madrid” shartnomada ko‘rsatilgan qaytarib sotib olish bandini faollashtirishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Regilon London klubi sabida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikr bildirish