«Real Madrid» mavsum yakunida tarkibni jiddiy tozalashni ishlarini amalga oshiradi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda. Ko‘pgina futbolchilar katta maosh olishadi, shu sabab klub rahbariyati murabbiylar shtabi rejalariga kiritilmagan futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.
«Real Madrid» Eden Azar, Luka Yovich, Marselo, Isko uchun yangi klub qidirmoqda. Andrey Lunin, Mariano Dias va Dani Sebalyos ham jamoani tark etishi mumkin. Garet Beyl shartnoma muddati tugagach, mavsum yakunida klubdan ketadi.
Shuningdek, «Real Madrid» umuman umidlarni oqlamaydigan yosh Eduardo Kamavingani ham sotib yuborishi mumkin.