Futbol

Reshford va Lingard reper bilan tushgan rasmi sabab muxlislar g‘azabiga uchradi (foto)

386

«Manchester Yunayted» futbolchilari Markus Reshford va Jessi Lingard reper Uayli bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqda qo‘ygani uchun futbol muxlislari tanqidiga uchradi, deb xabar bermoqda BBC Sport.

Gap shundaki, Uayli o‘tgan yili yahudiylarni «qo‘rqoq va ilonlar» deb atagan. Buning uchun xonandaning tvitterdagi akkaunti bloklandi.

29 yoshli Lingard joriy mavsumda barcha turnirlarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 24 yoshli Reshford 17 uchrashuvda 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reshford va Lingard reper bilan tushgan rasmi sabab muxlislar g‘azabiga uchradi (foto)

Fikr bildirish