Futbol

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig’ilishida madaniy-ko’ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig’ishlarni o’tkazish tartiblariga o’zgartirish kiritildi.

372



Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig'ilishida madaniy-ko'ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig'ishlarni o'tkazish tartiblariga o'zgartirish kiritildi.

Muxlislarning stadionga tashrif buyurishlariga ruxsat berildi

Teglar : 
muxlislar
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig’ilishida madaniy-ko’ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig’ishlarni o’tkazish tartiblariga o’zgartirish kiritildi.

Xususan, 2021-yil 20-sentyabrdan boshlab mamlakatimizda tomosha, madaniy-ko’ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig’ilishlar, shuningdek, sport musobaqalarini ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o’tkazishga ruxsat berildi.

SHundan kelib chiqib, futbol uchrashuvlariga karantin qoidalariga qatiy rioya etilgan holda muxlislarning tashrif buyurishlari mumkin bo’ladi.

Bunda stadionlarga kirish joylarida muxlislarning tana haroratini o’lchashni tashkillashtirish, koronavirusga qarshi emlanganlik to’g’risidagi sertifikatga ega bo’lishi tavsiya etiladi. Ishqibozlar musobaqalar davomida tibbiy niqobdan foydalanishlari, ijtimoiy masofa saqlashlari va muhim sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etishlari talab etiladi.

Fikr bildirish