Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 16-raketkasi Roberto Bautista-Agut reytingda o’zidan 6 pog’onada pastda borayotgan gruziyalik Nikoloz Basilashvilini 6/3, 6/4 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob ispaniyalik 33 yoshli Bautista-Agut foydasiga bo’lib turibdi – 4:2. Qatar ExxonMobil Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Agutga 250 reyting ochkosi hamda 114,875 dollar mukofot puli keltirdi.