Turnirning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich ilk uchrashuvini yaponiyalik Yosixito Nishiokaga qarshi o’tkazadi. Musobaqaning ikkinchi raketkasi rossiyalik Daniil Medvedev argentinalik Fakundo Banis bilan bahslashsa, uchinchi raqam ostida saralangan germaniyalik Aleksandr Zverev saralash turniri g’olibalaridan biriga qarshi kortga chiqadi.
Greciyalik Stefanos Cicipas italiyalik Lorenso Muzetti, ispaniyalik Rafael Nadal avstraliyalik Jordan Tompsonga qarshi bahs bilan turnirdagi yurishini boshlaydi.
Eslatib o’tamiz, turnirning amaldagi chempioni serbiyalik Novak Jokovich hisoblanadi.
To’liq qura natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.