“Everton”ga qarshi o’yindan keyin “Manchester Yunayted” forvardi muxlisning telefonini sindirgan. SHundan keyin futbolchi uzr so’ragan. Futbolchining xatti-harakatidan autizmga chalingan 14 yoshli bolakay Jek Xarding o’zini yomon his qilgan. Uning onasining aytishiga ko’ra, ushbu holatdan keyin bolakayning qo’llarida ko’karish paydo bo’lgan.
“Mersisayd policiyasi “Everton” – “Manchester Yunayted” uchrashuvidan keyin futbolchi va muxlis o’rtasida bo’lib o’tgan voqelikni o’rganib chiqadi”, – deb yoziladi rasmiy bayonotda.