Futbol

Ronaldu har doim asosiy tarkibda o‘ynaydimi? Sulsher javob berdi

14

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher portugaliyalik 36 yoshli hujumchi Krishtianu Ronalduning har doim asosiy tarkibda o‘ynaydimi, yoki zahira futbolchisi sifatida o‘ynaydimi kabi savolga javob berdi.

“Ronaldu Chempionlar ligasida “Yang Boyz”ga qarshi o‘yinda zaxirada qoladimi? Gap shundaki, Krishtianu o‘zining sog‘lig‘iga juda ham e’tiborli. Agarda, jarohat olsa, u tezda tuzalib ketishini bilaman, bundan tashqari, Ronaldu mavsum oldidan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandi.

Albatta, seshanba kuni “Yang Boyz”ga qarshi o‘ynashimiz kerak. Keling, nima o‘ylayotganimizni ko‘rib chiqaylik. Lekin, men Krishtianuni zaxirada qoldirish haqida o‘ylamayapman. Sababi, Krishtianu 36 yoshda, Grinvud esa 19 yoshda, ammo men ularning jismoniy holatida katta farqni ko‘rmayapman”, – deya Sulsherning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Angliya Premyer-ligasining 4 -tur uchrashuvi
qaytganidan keyingi debyut uchrashuvida “Nyukasl” darvozasiga dubl qayd etdi (4:1).

Fikr bildirish