Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ning yangi sardoriga aylanadi.
Portugaliyalik futbolchining fikricha, klubning hozirgi sardori Garri Maguayr haddan tashqari bosim ostida, shu bois Krishtianu himoyachini bosimdan xalos qilish maqsadidan undan sardorlik bog‘ichini olmoqchi.
Maguayr bu taklifga salbiy munosabat bildirdi, biroq «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ralf Rangnik Ronaldu mankunianliklarning yangi sardor bo‘lishini ta’kidlamoqda.