Futbol

Ronaldu va Messi? Dibala javob berdi

159

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala jurnalistlarning bir qancha savollariga javob berdi.

«Vilyarrealga qarshi javob uchrashuvi? O‘yin qiyin, chunki raqib juda kuchli, ammo biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz va g‘alaba qozonishni istaymiz».

Chempionlik jangi? Men hamon bunga ishonaman, Turinda «Inter»ni qabul qilishimiz kerak. Oldinda ko‘plab o‘yinlar bor.

Messi va Ronaldu? Bu g‘alati savol!

Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynash qanday? U kelganida, men juda xursand bo‘ldim. Siz chempionlardan ko‘p narsani o‘rganasiz. Bu ko‘plab o‘yinchilarga taalluqlidir: Buffondan tortib Dani Alvesgacha, ularning yonida bo‘lganingizda, o‘sishingiz kerak. Messi ajoyib futbolchi. Umuman olganda,  ikkisi bilan ham o‘ynash ajoyib», – deya Dibalaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi tuttomercatoweb.

Fikr bildirish