Turinning «Yuventus» va Italiya terma jamoasining hujumkor yarimhimoyachisi Federiko Kyeza «Manchester Yunayted» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar beradi Sky Sports nashri. O‘tgan yozda «keksa sinyora»ni tark etgan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu sobiq jamoadoshini Manchesterga taklif qilmoqda.
O‘z navbatida, turin grandi o‘z yetakchilaridan birini qo‘yib yubormoqchi emas va ular ham «Fiorentino»dan Kyezaning transferini to‘liq sotib olmoqchi. Federikoning transfer qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.
23 yoshli vinger Italiya chempionatining 6 uchrashuvida ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.