Boks/MMA

Rossiyalik taniqli MMA jangchisi Alneksandr Emelyanenkoning navbatdagi jangi uchun gonorari elon qilindi.

163

So’nggi paytlarda boshi muammodan chiqmay qolgan Emelyanenko taniqli bloger Artem Tarasovga qarshi jang o’tkazadi. Bu jang uchun u 100 ming dollar gonorar oladi. Bu haqida uning menejeri Azamat Bostanov xabar berdi.

“Artem Tarasovga qarshi jang gonorari qoniqarli. Har holda bu Aleksandr Emelyanenko, u esa tekinga jang o’tkazmaydi. Sasha 100 ming dollarga ega bo’ladi. Bu yaxshi ishchi gonorar”, – deydi Bostanov. 

Ammo, Emelyanenkoning raqibi boshqa summa haqida gapirdi.

“Gap katta gonorar haqida ketmoqda. Bilishimcha, Emelyanenkoga 10 million, menga esa 5 million rubl gonorar vada qilishmoqda. Bu shaxsan men uchun faoliyatimdagi eng katta gonorar bo’ladi”, – deya “Ushatayka” kanaliga intervyu bergan Tarasov. 

Avvalroq, Aleksandr Emelyanenko – Artem Tarasov jangining yaqin bir oy ichida o’tkazilishi malum qilingandi. SHartnomaga ko’ra jang boks qoidalari asosida, lekin MMA qo’lqoplarida tashkil etiladi. 

Fikr bildirish