Tennis

Sabina SHaripova Monastirda ikkinchi uchrashuvini o’tkazdi

137

“A2 Monastir W25” turnirida hamyurtimiz Sabina SHaripovaning ham qatnashayotgani haqida xabar bergan edik. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi o’z ishtirokini saralash bahslaridan boshlagandi. 

Saralashning beshinchi raketkasi sifatida qayd etilgan Sabina ikkinchi davra uchrashuvida hali reytingda o’z o’rniga ega bo’lmagan mezbonlar vakilasi Ferel Ben Xassenni ortiqcha qiyinchiliksiz mag’lub etgandi – 6/1, 6/2. 

Afsuski, WTA reytingida 487-pog’onada borayotgan SHaripova saralashning final bosqich uchrashuvida yaponiyalik Xaruana Arakavaga 1/6, 6/4, tay-brekda 8/10 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini juda erta yakunladi. Xarukava WTA reytingida 509-o’rinni egallab turibdi. 

Fikr bildirish