Super engil vazn toifasidagi prof bokschimiz SHahram G’iyosov (12-0, 9 KO)navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida AQSHga jo’nab ketdi. Bu haqda sportchi Instagram sahifasi orqali xabar bermoqda. G’iyosov bir necha kun avval saytimizga bergan intervyusida Kanolo – Bivol boks oqshomida ringga ko’tarilishi mumkinkigi haqida malum qilgan edi.
Eslatib o’tamiz, «Wonderboy» so’nggi jangini Toshkentda argentinalik Kristian Koriaga (29-9-2, 13 KO) qarshi o’tkazib, ochkolar hisobida g’alaba qozongan edi.