Boks/MMA

SHohjahon Ergashev promousheni bilan yarashmoqchi.

96

Prof bokschimiz SHohjahon Ergashev Instagram sahifasida Salita Promotions’ga yarashishni taklif qildi.

«Salita Promotions, bo’lar endi, keling tezlashaylik va o’z qobiliyatlarimni butun dunyoga ko’rsatishim uchun kelishib olaylik. Ishonchim komilki, siz mening salohiyatimni bilasiz. Otam mendan borgan sari chempionlik kamarini tezlashtrishimni talab qilmoqda. Bilasizmi, otamning so’zi men uchun qonun, uning tilaklari mening ustuvorligimdir. Xo’sh, kelishamizmi?», – deb yozdi Ergashev tegishli suratni ilova qilib. 

Avvalroq, SHohjahon muxlislarining xohishiga ergashib, promouterini sudga bergani haqida gapirgan edi. Bunga sabab qilib esa shartnomada belgilangan chempionlik jangining uyushtirilmaganligi ko’rsatilgan.

Fikr bildirish