Ruminiyalik tennis malikasi 2 soatu 33 daqiqa davom etgan bahsda WTA reytingida 61-pog’onadan joy olib turgan franciyalik Alize Kornega 4/6, 6/3, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
30 yoshli Xalep uchun 32 yashar Korne noqulay raqib bo’lib qolmoqda. Franciyalik tennischi bugungi g’alabasidan so’ng o’zaro uchrashuvlarda 4:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Endi u Australian Open chorak finalida amerikalik Daniel Kollinzga qarshi kortga chiqadi.