Futbol

Superkubok finali oldidan “Real”da jiddiy yo‘qotish bor

47

Madridning “Real” klubi himoyachisi David Alaba jarohati sabab «Atletik»ga qarshi Ispaniya Superkubogi finalini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Alaba “Barselona”ga qarshi yarim final uchrashuvida (3:2) son mushaklaridagi muammolar tufayli o‘ynamadi, Karlo Anchelotti avstriyalikning finalga qadar tiklanishiga vaqt topishini kutgan edi, ammo hozir u Ispaniyaga qaytib, mashg‘ulotlarni davom ettiradi.

Qolaversa, koronavirus testidan ijobiy o‘tgan Dani Karvaxal ham finalda “qaymoqranglilar”ga yordam bera olmaydi.

“Real Madrid” va “Atletik” o‘rtasidagi Ispaniya Superkubogi finali 16 yanvar kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.

Fikr bildirish