Futbol

Superliganing 22-turi nihoyasiga etdi.

234



Superliganing 22-turi nihoyasiga etdi.

“Navbahor”ning g’alabasi va Toshkentdagi durang haqida

Teglar : 
“Navbahor” “Andijon” “Lokomotiv” “Bunyodkor” Superliga
Superliganing 22-turi nihoyasiga etdi.

Bugun 2 ta o’yin o’tkazildi.

"Navbahor" 2:1 "Bunyodkor"

"Lokomotiv" 2:2 "Andijon"

Superliganing 22-turi nihoyasiga etdi.

Mazkur uchrashuvlar haqida bazi faktlarni keltiramiz.

Namangandagi o’yin

1. Zabixillo O’rinboev Superliganing joriy mavsumidagi birinchi golini urdi. U O’zbekiston chempionatidagi oxirgi golini o’tgan yilning noyabr oyida urgan edi.

2. SHuhrat Maqsudov "Navbahor"ga murabbiylik faoliyatida ilk bor engildi (oldingi 2 o’yinning birida kuchlar teng kelgan, bir bor zafar quchgandi).

3. Sardor Telyakov gol urgan 2-o’yinda ham "lochinlar" 3 ochkoli bo’lishdi. U 13-tur doirasidagi "Qo’qon-1912" bilan o’yinda ham raqib darvozasini ishg’ol qilgan va o’yin namanganliklar foydasiga hal bo’lgandi.

4. "Bunyodkor" qatorasiga 3-o’yinda g’alaba qozonolmadi.

20-tur. "Nasaf" 5:0 "Bunyodkor"

21-tur. "Bunyodkor" 1:1 AGMK

22-tur. "Navbahor" 2:1 "Bunyodkor"

6. "Navbahor" uy o’yinlaridagi 7 va 8-gollarini urdi (11-o’yinda). Bu Superligadagi eng yomon natija ("Turon" bilan birga).

7. "Bunyodkor" safar o’yinlaridagi 7-mag’lubiyatini qabul qilib oldi. Bu borada faqat "Metallurg" va "Surxon"gina "qaldirg’ochlar"dan yomonroq natija ko’rsatyapti.

8. Bugungi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar orasidan Tohir Rafaelov ilk bor Superliga o’yinida qatnashdi (zaxirada o’tirdi).

9. Uchrashuvni 5 127 kishi stadionning o’zidan tomosha qildi.

Superliganing 22-turi nihoyasiga etdi.

Toshkentdagi o’yin

1. Samuel Opex "Lokomotiv" libosida 1-marta to’liq taym o’tkazdi. U "temiryo’lchilar" tarkibiga yozda "Oqtepa" jamoasidan kelib qo’shilgandi.

2. "Andijon" Farhod Sohibjonov gol urgan 2-o’yinda ham mag’lubiyatga uchramadi. 

3. Bugun 2002 yilda tug’ilgan Nurmuhammad Toshpo’latov "Loko" tarkibidagi debyutini nishonladi.

4. "Andijon" qatorasiga 4-turda mag’lub bo’lmadi.

5. "Loko" qatorasiga 5-o’yinda ham 2 ta gol urdi.

6. "Andijon" mavsumda 2-bor 1 o’yinda 2 gol urdi.

7. Bugungi durangdan keyin Kumikov shogirdlari autsayderlar zonasidan yuqoriladi.

Superliganing 22-turi nihoyasiga etdi.

8. Bugungi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar orasidan Islombek Mamatkazin ("Andijon") va SHohrux Isoqov ("Lokomotiv") ilk bor Superliga o’yinida qatnashdi (zaxirada o’tirishdi).

9. "Andijon" 2010 yildan beri "Lokomotiv"ni engolmaydi.

10. Bugungi uchrashuvni 470 kishi stadionning o’zidan tomosha qildi.

Superliganing 22-turi nihoyasiga etdi.

Superliga. "Turon" 2 oydan keyin ochko ishladi, "Paxtakor" 20 yildan beri…

Superliganing 22-turi nihoyasiga etdi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish