Futbol

Superliganing 22-turidan o’rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

39



Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

Revansh olindi. Olmaliqdagi “jang” haqida qiziq malumotlar

Teglar : 
Aleksandr Xomyakov Mashal SuperligaMirjalol QosimovAGMK
Superliganing 22-turidan o’rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

Qosimov Xamyakovdan ustun keldi

Turni ochib beruvchi bahs OKMK sport majmuasida o’tkazildi. Unda AGMK futbolchilari "Mashal"ni mag’lub qilishdi (3:2). SHu tariqa Mirjalol Qosimov Muborakda o’tgan 1-davradagi mag’lubiyat uchun rossiyalik hamkasbidan revansh oldi.

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

Turnir jadvali

Bugungi g’alaba olmaliqliklar uchun mavsumdagi 11-si bo’ldi. Ayni paytda AGMK ochkolari sonini 40 taga etkazib oldi. Mavsumdagi 12-mag’lubiyatini qabul qilib olgan Muborak klubi esa tur yakunida autsayderlar zonasiga tushib ketishi mumkin.

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

Gollar

O’yinda hisobni ochgan Samuel CHigozi (nigeriyalik) raqiblari darvozasiga (Mashal) joriy mavsumdagi 5-to’pini kiritdi. Muborakliklarning hisobni qisqartiruvchi goliga mualliflik qilgan Sirojiddin Qo’ziev esa bu yildagi 2-golini urdi.

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirgan Sanjar Tursunov 2021 yilda 5-golini (4 tasi penaltidan) urgani holda Kasyanga etib oldi. Har 2 futbolchi 5 tadan gol bilan AGMKning eng yaxshi to’purari bo’lib turishibdi.

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

Mirjamol Qosimov joriy mavsumdagi 2-golini urgan bo’lsa, olmaliqliklar himoyachisi Abbos Otaxonov 2020 yilning 2 iyulidan beri ilk bor raqib darvozasini ishg’ol qildi. 

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

O’yin qahramoni

O’zPFL komissari (Jahongir Rahmatullaev) uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida Olmaliq klubi sardori Sanjar Tursunovni etirof qildi.

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

Qiziq raqamlar

1. AGMK 2012 yildan beri ilk bor "Mashal" darvozasiga 3 ta gol urdi.

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

2. Ushbu jamoalar o’rtasidagi bahsda 2009 yildan beri birinchi marta 5 ta to’p kiritildi.

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

3. Mirjalol Qosimov jamoasi joriy mavsum Rahimbek Karimov boshqargan barcha o’yinlarda zafar quchyapti.

12-tur. AGMK 2:1 "Qo’qon-1912"

18-tur. AGMK 2:0 "Turon"

22-tur. AGMK 3:2 "Mashal"

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

4. Xomyakov shogirdlari esa Jahongir Rahmatullaev komissar sifatida ishlagan barcha uchrashuvlarni yutqazmoqda.

10-tur. "Navbahor" 2:0 "Mashal"

17-tur. "Mashal" 0:1 "Andijon"

22-tur. AGMK 3:2 "Mashal"

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

5. Martin Boakening golsiz seriyasi 8 ta o’yinga etdi. Italiyalik forvard Superligadagi oxirgi (AGMK tarkibidagi yagona) golini 14-turda "Lokomotiv" darvozasiga urgan edi. 

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

6. AGMK 6 turdan beri mag’lub bo’lmayapti (3 g’alaba, 3 durang), "Mashal" esa xuddi shuncha vaqtdan beri g’alaba qozonolmayapti (4 mag’lubiyat, 2 durang).

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

7. AGMK joriy mavsum faqat 1 gal OKMK sport majmuasida o’tkazilgan o’yinda maydonni golsiz tark etdi (3-tur, AGMK 0:3 "Paxtakor").

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.

Malumot uchun, 23-tur bahslari 21 oktyabr kuni start oladi. AGMK shu kuni Bekobodda mehmon bo’lsa, "Mashal" 2 kundan keyin "Navbahor"ni qabul qiladi.

Superliganing eng qimmat futbolchisini bilasizmi? Legionerni-chi?

Superliganing 22-turidan o'rin olgan dastlabki kungi bahslar yakuniga etdi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish