Futbol

Superliganing yana bir mavsumi ortda qoldi.

91



Superliganing yana bir mavsumi ortda qoldi.

Superliga. Eng ko’p penalti belgilagan hakamni bilasizmi? (statistika)

Teglar : 
hakamlarIlgiz TantashevVadim Agishev SuperligaAziz Asimov
Superliganing yana bir mavsumi ortda qoldi.

Avvalroq 182 o’yinda qayd etilgan qiziqarli seriyalar va statistik malumotlarni taqdim etgan edik. Endi esa chempionat o’yinlarida ishlagan hakamlar haqida. 

Eng ko’p o’yin

Bu yil Vadim Agishev hamda Akobirxo’ja SHukrullaevga 19 tadan uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlash nasib qildi. Bu eng yaxshi natija.

Superliganing yana bir mavsumi ortda qoldi.

Qanot hakamlaridan Aleksandr Sidorov hamda Sanjar SHoyusupov barchadan ko’proq o’yinda ishladi — 15 tadan.

VAR tizimida ishlash bo’yicha Aziz Asimovga etadigani bo’lmadi — 15 o’yin. Malumot uchun, Asimov jarohati tufayli mavsumning dastlabki qismini maydon tashqarisida o’tkazgan edi.

Superliganing yana bir mavsumi ortda qoldi.

Eng qattiqqo’l

Sariq kartochkalar borasida ham Vadim Agishev mutlaq etakchi. Ammo qizil kartochkalar va penaltilar o’yinga qo’shilsa, Ilgiz Tantashev barchadan o’zib ketadi. Buxorolik referi 2021 yilda 88 ta sariq, 7 ta qizil rangli kartochka ko’rsatish barobarida 15 marta 11 metrli nuqtaga ishora qildi.

Superliganing yana bir mavsumi ortda qoldi.

Kartochka va penaltilar

Referilarning cho’ntagidan yil davomida 830 ta sariq, 36 ta qizil rangli kartochkalar chiqdi. Jami 76 marta darvozalar tomon penalti belgilandi.

Superliganing yana bir mavsumi ortda qoldi.

4 va undan ortiq uchrashuvda ishlagan 14 hakamdan faqat 3 nafari hech kimni maydondan chetlatmadi (Elyor Tursunov, Abdurashid Xudoyberganov, Aziz Asimov), 1 nafari esa umuman penalti belgilamadi (G’ayrat Jo’raev).

Debyutantlar

Bu yil 4 nafar referi O’zbekiston chempionatining yuqori divizionida ilk o’yinlarini o’tkazdi. 

1. Ilya Ilin → 36 yosh (2 ta o’yin)

2. G’ayrat Jo’raev → 34 yosh (4 o’yin)

3. Doston Mirzaraimov → 28 yosh (1 o’yin)

4. Sultonmurod Abdurahmonov → 30 yosh (1 o’yin)

Superliganing yana bir mavsumi ortda qoldi.

2020 yilning oxirida debyut qilgan Abdurashid Xudoyberganov esa Superliganing muntazam qatnashchilaridan biriga aylandi.

To’liq statistika

referi

o’

s-k

q-k

pen

1

Vadim Agishev

19

92

1

2

2

Akobirxo’ja SHukrullaev

19

72

3

6

3

Ilgiz Tantashev

17

88

7

15

4

Zokir Qodirov

16

82

6

10

5

SHavkat Nasibullaev

16

56

5

4

6

Firdavs Norsafarov

14

70

4

6

7

Ahrol Risqullaev

14

70

1

3

8

Rahimbek Karimov

13

64

4

4

9

Asker Najafaliev

12

59

1

7

10

Rustam Lutfullin 

11

50

3

8

11

Elyor Tursunov

9

35

0

4

12

Abdurashid Xudoyberganov

7

30

0

3

13

Aziz Asimov

4

15

0

2

14

G’ayrat Jo’raev

4

14

1

0

15

Viktor Serazitdinov

3

16

0

1

16

Ilya Ilin

2

8

0

1

17

Sultonmurod Abdurahmonov

1

2

0

0

18

Doston Mirzaraimov

1

7

0

0

Maqola: Penaltilar statistikasi. "Paxtakor" bu yil 11 metrli jarima zarbasidan gol o’tkazmadi

Faxriddin Ro’ziev tayyorladi

Superliganing yana bir mavsumi ortda qoldi.
			Muallif : Faxriddin Ro’ziyev

Fikr bildirish