Tennis

Svitolina Dubay turniridagi ishtirokini yakunladi

391

Kutilmaganda dunyoning 15-raketkasi bo’lib turgan Elina Svitolina ikkinchi davra uchrashuvida mag’lubiyat alamini totib ko’rdi. Ukrainalik tennis malikasi 102 daqiqa davom etgan bahsda WTA reytingida 35-pog’onadan joy olib turgan shveycariyalik Jil Taykmannga 6/7(0), 2/6 hisobida imkoniyatni boy berdi.  

Uchrashuv mobaynida 27 yoshli Svitolina 3 ta eys, 24 yoshli Taykmann esa 6 ta eys zarbasini ijro etdi. Endi Jil turnirning chorak finalida ispaniyalik Garbin Mugurusadan ustun kelgan rossiyalik Veronika Kudermetovaga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish