Tennis

Svitolina raketkasini g’ilofiga solishga majbur bo’ldi

169

Simona Xalepdan so’ng sayyoramizning beshinchi raqamli tennis malikasi Elina Svitolina ham mag’lubiyatga uchrab, muxlislar qatoridan joy oldi. Ukrainalik tennischi o’zining ilk uchrashuvida reytingning 41-pog’onasini egallab turgan britaniyalik Yoxanna Kontega 6/3, 3/6, 2/6 hisoblarida yutqazib qo’ydi.

Ikki soatu 11 daqiqa davom etgan bahsda 26 yoshli Svitolina bitta, 30 yashar Konta esa uchta eys zarbasini ijro etdi. Ukrainalik o’zaro uchrashuvlarda ilk bor britaniyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Bungacha beshta bahsda Elinaning qo’li baland kelgan edi. Konta National Bank Open turnirining uchinchi davrasida amerikalik Kori Goffga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish