Futbol

Taniqli instruktor, FIFA hakamlar nazoratchisi Farhod Abdullaev Saudiya Arabistonida ish boshladi.

246



Taniqli instruktor, FIFA hakamlar nazoratchisi Farhod Abdullaev Saudiya Arabistonida ish boshladi.

Hamyurtimiz Farhod Abdullaev faoliyatida super yangilik!

Teglar : 
Farhod AbdullaevHakamlar nazoratchisi
Taniqli instruktor, FIFA hakamlar nazoratchisi Farhod Abdullaev Saudiya Arabistonida ish boshladi.

Bugun 1 iyuldan Farhod Alisherovich Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi Hakamlar departamenti direktori etib tayinlandi. 

Malumot uchun, Farhod Abdullaev O’zbekiston davlat jismoniya tarbiya institutining "Futbol" fakultetini tugatgan. 2004 yil ushbu mutaxassis "Futbol hakamlarini tayyorlash muammolari" mavzusida dissertaciya yoqlagan. 2007 yil esa Hindistonda tahsil olib qaytgan. 

Farhod Abdullaev hakamlik faoliyatini 1993 yilda boshlagan. U 2001 yildan FIFA va OFK hakamlari ro’yxatida bo’lib kelgan. Hakamlik faoliyatini 13 yil olib borgan ushbu mutaxassis 2007 yildan nazoratchi sifatida ish boshladi. Oradan bir yil o’tib OFK hakamlar qo’mitasiga taklif qilindi.

Farhod Abdullaev instruktor (yo’riqchi) va nazoratchi sifatida ishlagan yirik musobaqalar:

2015 yil. Osiyo Kubogi (Avstraliya)

2017 yil. U-17 jahon chempionati (Hindiston)

2018 yil. Jahon chempionati (Rossiya)

2019 yil. Osiyo Kubogi (BAA)

2019 yil. U-19 jahon chempionati (Polsha)

2019 yil. U-17 jahon chempionati (Braziliya)

2021 yil. Klublar o’rtasidagi jahon chempionati (Qatar)

SHuningdek, hamyurtimiz yaqinda Dohada o’tkazilgan FIFA Arab Kubogi pley-off uchrashuvlarida ham hakamlar nazoratchisi bo’lib ishladi.

Taniqli instruktor, FIFA hakamlar nazoratchisi Farhod Abdullaev Saudiya Arabistonida ish boshladi.

Farhod Abdullaev shu kungacha hakamlar mavzusi bilan bog’liq 150dan ortiq seminar o’tkazgan. U FIFA yo’riqchilari ro’yxatida eng yuqori o’rinda turibdi. SHuningdek, ushbu mutaxassis VAR tizimi bilan ishlaydigan yo’riqchilar orasida maxsus sertifikatga ega. Farhod Abdullaev OFK Hakamlar akademiyasida ham yosh hakamlarga talim berib kelmoqda. 

Biz saytimiz xodimlari nomidan hamyurtimiz Farhod Abdullaevga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz.

Fikr bildirish