Seminar-treningda Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Q.Usmonov boshchiligida kafedraning professor-o’qituvchilari, Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi direktori S.Abidov hamda bosh murabbiy O.Annakulovlar ishtirok etishdi.
Seminarda tennisni talaba-yoshlar o’rtasida keng rivojlantirish va uning istiqbollari xususida o’zaro fikr va mulohazalar bildirildi.
SHuningdek, kecha Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi O’zbekiston badminton federaciyasi va Respublika oliy sport mahorati maktabi bilan hamkorlikda “Badminton sportida murabbiylarni tayyorlashning dalzarb masalalari” mavzusida ham seminar tashkil etildi.
Seminarda bugungi kunda badminton sport turida kuzatilayotgan muammolar, murabbiylar tayyorlash tizimidagi kamchiliklar, sport turini yurtimizda rivojlantirish jarayonlari, yutuq va kamchiliklar borasida o’zaro muloqot qilindi.
Seminarda Respublika oliy sport mahorati maktabining direktor o’rinbosari R. Karabaeva, SHayxontohur tumanidagi Bolalar-o’smirlar sport maktabining badminton sport turi bo’yicha murabbiyi, sport ustasi V. Mushtakova hamda kafedraning professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.