Tennis

Turinda o’tkaziladigan ATP Yakuniy turniriga qura tashlandi

219

Musobaqada dunyo reytingida kuchli sakkiztalikdan joy olgan raketka ustalari ikki guruhga bo’lingan holda bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. Qura natijasiga ko’ra tennischilar Yashil va Qizil guruhlardan joy olishdi.

“Yashil guruh”: Novak Jokovich (Serbiya), Stefanos Cicipas (Greciya), Andrey Rublyov (Rossiya), Kasper Ruud (Norvegiya). 

“Qizil guruh”: Daniil Medvedev (Rossiya), Aleksandr Zverev (Germaniya), Matteo Berrettini (Italiya), Xubert Gurkach (Polsha).

Eslatib o’tamiz, ATP Yakuniy turnirining amaldagi g’olibi rossiyalik Daniil Medvedev hisoblanadi. U ayni paytda dunyoning ikkinchi raketkasi bo’lib turibdi.

Fikr bildirish