Futbol

Tuxel ro‘za tutayotgan Kante haqida fikr bildirdi

333

“Chelsi” ustozi Tomas Tuxel Kantening o‘yinidagi pasayish haqida gapirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kante ro‘za tutish qoidalariga qat’iy rioya qiladi. Tuxelning fikricha, bunday vaziyat Kantening holatiga ta’sir qiladi.

«Biz avvallari bir nechta o‘yinlarda undan foydalanmaslikka majbur bo‘lganmiz. Ko‘p jarohatlar bor edi. Endi ro‘za uning dini bilan bog‘liq. Agar siz ko‘p kun davomida ovqat yemasangiz yoki ichmasangiz, bu albatta ta’sir qiladi.

Hozir u o‘tgan mavsumda «Real»ga qarshi o‘yindagidek darajada deyish qiyin. Bu yerda uyaladigan narsa yo‘q. Biz uning oldinga siljishi uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, – dedi Tuxel.

Fikr bildirish