Boks/MMA

UFC prezidenti Dana Uayt Stipe Miochich Jon Jons bilan jang o’tkazishga rozilik bergani haqida xabar bergan edi.

185

Ammo, vazn toifasidan qatiy nazar UFC promoushenining eng yaxshi jangchisi, og’ir vaznning sobiq qiroli Jons uchun bu jang qiziq emas. Bu haqida uning murabbiyi Mayk Vinkljon xabar berdi.

“Miochichga qarshi jang Jon uchun qiziq bo’ladi deb o’ylamayman. Jons yorqinroq jang o’tkazishni xohlamoqda. Unga eng katta chaqiruv kerak. Stipe bilan jang esa biz istayotgan daraja emas. Bu gaplarni Miochichga hurmatni saqlagan holda aytyapman. Lekin rosti Stipega qarshi o’tkazilishi mumkin bo’lgan jangdan hech qanday mantiq va mano ko’rmayapman. Jons to’g’ridan-to’g’ri chempionlik kamari uchun oktagonga chiqmoqchi. Unga qandaydir o’tish janglari kerak emas. Jon Jonsga yangi vaznga moslashish uchun vaqt kerak emas. U hoziroq eng og’ir vaznda oktagonga chiqishga tayyor”, – dedi Jonsning murabbiyi Vinkljon.

Fikr bildirish