Boks/MMA

UFCda ikki vazn toifasining sobiq chempioni Daniel Kormening fikricha, Jon Jons og’ir vazn toifasida liga chempioni bo’la olmaydi.

6

“Ishonamanki, Jon Jons og’ir vaznda jang qiladi va u kamar uchun kurashadi, ammo u Siril Gan yoki Frensis Ngannuga yutqazadi. Menimcha, vaqt o’tishi, vazndagi farq va bu yigitlarning o’zlari kim ekanliklari – muammo shu. Jonsning ahvoli yomonlashgani yo’q, shunchaki bu yigitlar og’ir vaznning yana bir darajasi”, – deya Kormening so’zlarini keltiradi Sportskeeda.

Eslatib o’tamiz, Jons og’ir vazn toifasiga o’tishini elon qilgan, ammo shundan beri u birorta ham jang o’tkazmagan. Jons deyarli ikki yildan buyon jang qilmayapti. Amerikalik sportchi og’ir vaznda UFC chempioni Frensis Ngannu bilan jang o’tkazishi taxmin qilingandi.

Fikr bildirish