Tennis

Uimbldon. Federer ishtirokidagi bahs yakuniga etmay qoldi

199

Jahonning sakkizinchi raketkasi, shveycariyalik Rojer Federer musobaqaning ikkinch davra uchrashuvida ATP reytingida 41-o’rinni egallab turgan franciyalik Adrian Mannarinoga qarshi kortga chiqdi.

Ikki soatu 44 daqiqa davom etgan bahsda Mannarino tizzasidan olgan jarohati tufayli uchrashuvni davom ettira olmadi. Bahs Federer foydasiga 6/4, 6/7 (3) , 3/6, 6/2 hisoblarida yakunlandi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob shveycariyalik foydasiga yanada yiriklashdi – 7:0.

Federerning uchinchi bosqichdagi raqibi boshqa bir franciyalik tennischi Rishar Gaske bo’ladi.  

Fikr bildirish