Tennis

Uimbldon. Jokovich 114-raketkaga qarshi kortga chiqdi

176

Sayyoramizning birinchi raketkasi Novak Jokovich musobaqaning to’rtinchi davrasiga yo’l oldi. Serbiyalik tennis yulduzi 2 soatu 16 daqiqa davom etgan uchinchi davra uchrashuvida reytingning 114-pog’onasini egallab turgan amerikalik Denis Kudladan ustun keldi – 6/4, 6/3, 7/6(7).

Novak bahs davomida 8 ta, Denis esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi – 3:0. Endi Jokovich “Uimbldon”ning to’rtinchi bosqichida chililik Kristian Garinga qarshi kortga chiqadi.

Fikr bildirish