Tennis

US Open. Jokovich uchinchi davra uchrashuvida kortga chiqdi

157

Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich bosh sovrin uchun asosiy davogar bo’lib turibdi. Serbiyalik tennischi uchinchi davrada ATP reytingining 56-pog’onasidan joy olib turgan yaponiyalik Kei Nishikorini 6/7(4), 6/3, 6/3, 6/2 hisoblarida mag’lub etdi.

Bahs 3 soatu 35 daqiqa davom etgan va unda 34 yoshli Novak 15 ta, 31 yashar Kei esa 6 ta eys zarbasini ijro etgan. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlarida Novak katta farq bilan oldinda bormoqda – 20:2. Jokovichning 1/8 finaldagi raqibi rossiyalik Aslan Karacev hamda britaniyalik Jenson Bruksbi uchrashuvidan so’ng malum bo’ladi.

Fikr bildirish