Erkaklar o’rtasidagi US Open turnirining yarim final uchrashuvlarida rossiyalik Daniil Medvedev va kanadalik Feliks Oje, shuningdek, serbiyalik Novak Jokovich va germaniyalik Aleksandr Zverev o’ynaydi.
Daniil Medvedev – Feliks Oje
Daniil Medvedev va Feliks Aje o’rtasidagi US open yarim final uchrashuvining boshlanish vaqti: 11 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da.
Medvedev haqida malumot:
Yoshi: 25
Turnirdan avval reytingdagi o’rni: ikkinchi o’rin
Hozirda reytingdagi poziciya: ikkinchi (u birinchi bo’lolmaydi, uchinchi yoki undan pastga ham tushmaydi)
US Open’dan oldin «Katta Dubulg’a» dagi eng yaxshi natijasi: US Open-2019 va Australian Open-2021 finali
2021 yilgi statistikasi: 40 g’alaba va 10 mag’lubiyat
Oje haqida malumot :
Yoshi: 21
Turnirdan avval reytingdagi o’rni: 15 – o’rin
Hozirgi reytingdagi o’rta poziciya: 11 – o’rin (final yoki chempionlik 9-o’ringa olib chiqadi)
US Open’dan oldin «Katta Dubulg’a» dagi eng yaxshi natijasi: Uimbldon-2021 chorak finali
2021 yilgi statistikasi : 28 g’alaba va 18 mag’lubiyat
O’zaro uchrashuvlar statistikasi : 1:0 Medvedev foydasiga (Toronto-2018; 3/6, 6/4, 7/6 (7)
Novak Jokovich – Aleksandr Zverev
Novak Jokovich va Aleksandr Zverev o’ynaydigan US Open yarim finalining boshlanish vaqti: 11 sentyabr Toshkent vaqti bilan 04:00 da.
Jokovich haqida:
Yoshi: 34
Turnirdan avval reytingdagi o’rni: birinchi o’rin
Hozirgi reytingdagi poziciya: birinchi (pastga tushmaydi)
US Open’dan oldin «Katta Dubulg’a» dagi eng yaxshi natijasi: “Ulkan Toj” turnirlarida 20 ta chempiolik
2021 yilgi statistikasi: 38 g’alaba va 5 mag’lubiyat
Zverev haqida:
Yoshi: 24
Turnirdan avval reytingdagi o’rni: to’rtinchi o’rin
Hozirgi reytingdagi poziciya: to’rtinchi (final 3 -o’ringa olib chiqishi mumkin)
US Open’dan oldin «Katta Dubulg’a» dagi eng yaxshi natijasi: US Open-2020 finali
2021 yilgi statistikasi: 38 g’alaba va 11 mag’lubiyat
SHaxsiy uchrashuvlar statistikasi: 7:3, Jokovich foydasiga. Oxirgi o’yinda Zverev g’alaba qozongan (Olimpiada yarim finali, 1/6, 6/3, 6/1).
Ushbu saytda barcha materiallar ochiq manbalardan olinadi - Internetdagi materiallarga qayta ulanish yoki saytga tashrif buyuruvchilar tomonidan yuboriladi va faqat axborot maqsadida beriladi.
Materiallarga bo'lgan huquqlar tegishli egalariga tegishlidir. Sayt ma'muriyati materialning mazmuni uchun javobgar emas.
Mualliflik huquqi © Barcha huquqlar himoyalangan.