Musobaqaning juftlik bellashuvlarida tennischimiz Sabina SHaripova serbiyalik Mariana Drajich bilan tandem hosil qilgan holda ishtirok etdi va turnir finaliga qadar etib keldi. Bosh sovrin uchun kechgan bahsda Sabina va Mariana koreyalik Dzixo Sin va yaponiyalik Saki Imamuraga qarshi kortga chiqishdi.
Uch set davom etgan uchrashuvda SHaripova/Drajich juftligi raqibalarini 6/7, 6/4, tay-brkda 10/0 hisobida mag’lub etib, musobaqaning juftlik bahslari chempioniga aylandi.