W25 Almaty turnirida o’zbekistonlik tennischilar ham ishtirok etishyapti. Biroz avval musobaqaning 1/16 final bosqichida ikki etakchi tennischimiz ishtirokidagi qarama-qarshilik yakunlandi. O’zbek derbisida birinchi raketkamiz Sabina SHaripova Nigina Abduraimovaga qarshi kortga chiqdi va biroz kutilmaganda 5/7, 4/6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Malumot uchun, SHaripova ayni paytda WTA reytingida 461, Abduraimova esa 546-pog’onadan joy olgan.