Tennis

WTA bir nechta nominaciya bo’yicha yilning eng yaxshilarini oshkor qildi

39

Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi, avstraliyalik Eshli Barti ushbu so’rovnomada eng ko’p ovoz to’plab, 2021 yilning “Eng yaxshi ayol tennischisi” deb topildi. 

“Yil o’sishi” nominaciyasida chexiyalik Barbora Kreychikova etirof etildi. U joriy mavsum uchta turnir, shu jumladan “Rolan Garros”da bosh mukofot sohibasiga aylandi. 

“Yil kashfiyoti” nominaciyasida esa kutilganidek, britaniyalik Emma Radukanu g’olib bo’ldi. Emma AQSH Ochiq chempionatida zafar quchgandi. 

“Yil qaytishi” nominaciyasida ispaniyalik Karla Suares Navarro tan olindi. Og’ir kasallikka uchragan Karla bu yilgi mavsumda faoliyatini qayta tiklagan, turnirlarda ishtirok etgan va keyin yana katta tennis bilan xayrlashgandi.  

2021 yilning eng yaxshi juftligi sifatida chexiyalik tennischilar Katerjina Sinyakova va Barbora Kreychikova topildi. Ular dunyoning birinchi raqamli juftligi hisoblanadi. 

Fikr bildirish