Dunyo reytingida kuchli sakkiztalikdan joy olgan tennis malikalari ikki guruhga bo’lingan holda bosh sovrin uchun kurashga kirishishgan. Sayyoramizning oltinchi raketkasi, greciyalik Mariya Sakkari guruhning ilk uchrashuvida polshalik Iga Svyontekni 6/2, 6/4 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.
Bir soatu 26 daqiqa davom etgan bahsda 26 yoshli Sakkari 2 ta eys, 3 ta breyk-poyntni amalga oshirdi. Qo’shxatolar soni 5 tani tashkil etdi. 20 yashar Svyontek esa 2 ta eys, 6 ta qo’shxato va bitta breyk qayd etdi. Tennischilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob Sakkari foydasiga yiriklashdi – 3:0.